So`ngra, taqvo qilganlarga najot beramiz va zolimlarni unda tiz cho`kkan hollarida qoldiramiz. Maryam 19:72 ⧉
Tafsir:
Shu koʻprikdan oʻtayotganlarida buyruqlarimizni bajarish va taqiqlarimizdan tiyilish ila Bizdan taqvo qilgan kishilarga najot berurmiz. Zolimlarni esa tiz choʻkkan hollarida unda qoldirurmizki, hargiz undan qocha olmaslar.