Va Sulaymon podsholigida shaytonlar tilovat qilgan narsaga ergashdilar. Sulaymon kufr keltirgani yo`q. Lekin shaytonlar odamlarga sehrni o`rgatib, kofir bo`ldilar. Va Bobilda Horut va Morut nomli ikki farishtaga tushgan narsaga ergashdilar. Ikkovlari hatto: «Biz fitna — sinov uchunmiz, kofir bo`lmagin», demasdan oldin hech kimga o`rgatmasdilar. Bas, ikkovlaridan er-xotinning o`rtasini buzadigan narsani o`rganishar edi. Va ular u ila Allohning iznisiz biror kishiga zarar yetkazuvchi emasdilar. Va ular zarar keltiradigan, foyda keltirmaydigan narsani o`rganurlar. Va batahqiq, biladilarki, uni sotib olgan kishiga oxiratda nasiba yo`q. Agar bilsalar, o`zlarini sotgan narsa qandoq ham yomon!
Al-Baqarah 2:102 ⧉