Biz kitob berganlardan uni o`rniga qo`yib tilovat qiladiganlari, ana o`shalari unga iymon keltiradir. Kim unga kufr keltirsa, ana o`shalar o`zlari yutqazganlardir. Al-Baqarah 2:121 ⧉
Tafsir:
Bu yerda Quroni karim ahli kitoblar orasidagi oʻzlariga nozil qilingan kitoblarga haqiqiy ergashadigan, ulardagi koʻrsatmalarga amal qiladigan bir toifahaqida soʻzlayapti. Ular oʻz kitoblarida Muhammad alayhissalomning haqligiga dalolat qiluvchi alomatlarni topadilar-da, hayallamay u zotga iymon keltiradilar. Boshqa toifa esa sarkashlik qilib oʻz kufrida turib oladi-da, ziyon-zararga giriftor boʻladi.