Ibrohim o`sha(millat)ni bolalariga vasiyat qildi. Ya'qub ham: «Ey bolalarim, albatta, Alloh sizlarga dinni tanladi, sizlar musulmon bo`lmasdan turib o`lmassiz», – dedi. Baqara 2:132 ⧉
Tafsir:
Ibrohim alayhissalom bolalariga olamlar Parvardigoriga taslim boʻlishni vasiyat qildi. Yaqub alayhissalom ham xuddi shunday qildi. Ikkalasi ham bolalarini chaqirib, shunday dedilar: "Alloh sizlarga Islom dinini ixtiyor etdi. Endi to oʻlim kelguniga qadar uni mahkam tutib, zohirda ham, botinda ham Allohga musulmon boʻlib oʻtinglar".