Ular bir ummat edi, o`tib ketdilar. Ularga o`zlari kasb qilganlari bo`ladi. Sizlarga o`zingiz kasb qilganingiz bo`ladir. Ularning qilgan amallaridan siz so`ralmassiz. Al-Baqarah 2:134 ⧉
Tafsir:
Bu ummat boshqa millatlar qatori oʻtib ketib boʻldi. Qilganini qildi. Yaxshi amal qildimi, yomon amal qildimi, nima qilgan boʻlsa, oʻziga qildi. Ularning qilgan ishlari uchun sizlar javobgar boʻlmaysizlar. Sizlarning qilgan ishlaringiz uchun ular javobgar boʻlmaydilar. Hech kim hech kimning gunohi uchun masul boʻlmaydi. Hamma oʻzi qilgan ishiga javob beradi. Shunday ekan, oldingi oʻtganlarning ishlari bilan ovora boʻlib, oʻzlaringizning amallaringizga beparvo boʻlib qolmanglar. Zero, odamga Allohning rahmati va oʻzining qilgan yaxshi amalidan boshqa hech narsa asqotmaydi.