Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 136 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 136 • Oʻzbekcha


قُولُوا آمَنَّا بِاللَّهِ وَمَا أُنْزِلَ إِلَيْنَا وَمَا أُنْزِلَ إِلَىٰ إِبْرَاهِيمَ وَإِسْمَاعِيلَ وَإِسْحَاقَ وَيَعْقُوبَ وَالْأَسْبَاطِ وَمَا أُوتِيَ مُوسَىٰ وَعِيسَىٰ وَمَا أُوتِيَ النَّبِيُّونَ مِنْ رَبِّهِمْ لَا نُفَرِّقُ بَيْنَ أَحَدٍ مِنْهُمْ وَنَحْنُ لَهُ مُسْلِمُونَ 136
Tarjima:
Aytinglar: «Allohga va bizga tushirilgan narsaga, Ibrohim, Ismoil, Is'hoq, Ya'qub, asbotlarga tushirilgan narsaga, Muso va Iysoga berilgan narsaga va Payg`ambarlarga Robbilaridan berilgan narsaga iymon keltirdik. Ularning orasidan birortasini farqlamasmiz va biz Unga musulmonlarmiz». Al-Baqarah 2:136
Tafsir:
Ey moʻminlar, nohaq, puch davo bilan yurgan yahud va nasorolarga shunday denglar: "Biz Allohga, bizga nozil qilingan Quronga iymon keltirdik. Ibrohim alayhissalom va u kishing oʻgʻillari Ismoil, Ishoq va Yaqub alayhissalomlarga nozil qilingan hukmlarga ishondik. Yaqub alayhissalomning avlodidan boʻlgan paygʻambarlarga nozil qilingan hukmlarga iymon keltirdik. Alloh Muso alayhissalomga bergan Tavrotga va Iyso alayhissalomga bergan Injilga iymon keltirdik. Alloh hamma paygʻambarlarga bergan kitoblarga ishondik. Ulardan birortasini ajratib, kufr keltirmaymiz. Hammasiga birdek ishonamiz. Biz har qanday nuqsondan pok Allohga boʻysunuvchilarmiz, itoat etuvchilarmiz".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 135 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 137