Qayerdan chiqsang ham, yuzingni Masjidul Harom tomon bur. Va, albatta, bu Robbingdan bo`lgan haqdir. Va Alloh siz qilayotgan narsadan g`ofil emasdir. Al-Baqarah 2:149 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar alayhissalom, qayerda boʻlmang, qaysi tarafdan chiqmang, namoz oʻqimoqchi boʻlsangiz, Masjidul-Harom tarafga yuzlaning. Sahobalaringiz ham shunday qilsinlar. Shunday qilish Parvardigoringiz tarafidan sizga yuborilgan vahiydir. Alloh sizlar qilayotgan ishdan gʻofil emas. U Zot hamma ishlaringizni koʻrib-bilib turadi va amallaringizga yarasha jazo yoki mukofot beradi.