Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Baqara — Oyat 240 (Oʻzbekcha) — Video

Baqara • Oyat 286 dan 240 • Oʻzbekcha


وَالَّذِينَ يُتَوَفَّوْنَ مِنْكُمْ وَيَذَرُونَ أَزْوَاجًا وَصِيَّةً لِأَزْوَاجِهِمْ مَتَاعًا إِلَى الْحَوْلِ غَيْرَ إِخْرَاجٍ ۚ فَإِنْ خَرَجْنَ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ فِي مَا فَعَلْنَ فِي أَنْفُسِهِنَّ مِنْ مَعْرُوفٍ ۗ وَاللَّهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌ 240
Tarjima:
Sizlardan vafot etganda juftlarini qoldirayotganlar xotinlari chiqmasdan bir yilgacha foydalanishini vasiyat qilsinlar. Agar ular chiqsalar, o`z xususlarida yaxshilik bilan qilgan ishlarida sizga gunoh yo`q. Alloh Aziyz va Hakiym Zotdir. Baqara 2:240
Tafsir:
Sizlardan vafot etganda ayollarini ortidan qoldirayotganlar ular uchun toʻla bir yilgacha uyda qolish va boshqa kerakli taminotni oʻlimidan oldin vasiyat qilib qoʻysinlar. Merosxoʻrlari majburlab ularni chiqarib yubormasinlar. Lekin agar ularning oʻzlari bir yil boʻlmasdan oldin chiqib ketsalar va oʻzlariga oro berib, pardoz-andoz qila boshlasalar, sizlarga ham, ularga ham gunoh yoʻq. Alloh har kimdan va har narsadan gʻolib aziz Zotdir, har bir tadbirini, shariatini hikmat bilan qiladigan hakim Zotdir. Jumhur mufassirlar bu oyatning hukmi yuqoridagi 234-oyat bilan nasx-bekor qilingan, deganlar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Baqara • Oyat 239 Keyingi Baqara • Oyat 241