Diyorlaridan o`limdan qochib chiqqan minglarcha kishilarning (xabarini) bilmadingmi?! Bas, Alloh ularga: o`ling, dedi. So`ngra, ularni tiriltirdi. Albatta, Alloh odamlar ustidan fazl egasidir. Lekin ko`p odamlar shukr qilmaslar. Al-Baqarah 2:243 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar alayhissalom, vabo va boshqa ofatlar tufayli oʻlimdan qoʻrqib, uylarini tashlab chiqqan juda koʻp odamlar haqidagi xabarni eshitmadingizmi? Ular Bani Isroilning bir toifasi edi. Alloh ularga: "Oʻlinglar", degandi, ular oʻldilar. Keyin hamma ish Oʻzining Qoʻlida ekanini, ular esa oʻzlariga foyda ham, zarar ham keltira olmasliklarini koʻrsatib qoʻyish uchun ularni yana hayotga qaytardi. Allohning odamlarga boʻlgan fazlu marhamati cheksiz. Lekin koʻp odamlar Allohning nematlariga shukr qilmaydilar.