Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Baqara — Oyat 245 (Oʻzbekcha) — Video

Baqara • Oyat 286 dan 245 • Oʻzbekcha


مَنْ ذَا الَّذِي يُقْرِضُ اللَّهَ قَرْضًا حَسَنًا فَيُضَاعِفَهُ لَهُ أَضْعَافًا كَثِيرَةً ۚ وَاللَّهُ يَقْبِضُ وَيَبْسُطُ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ 245
Tarjima:
Allohga yaxshi qarz beradigan kim bor?! Bas, toki unga berganini ko`p marta ko`paytirib bersa. Va holbuki, Alloh (rizqni) tor qilur va keng qilur. Va Ungagina qaytasizlar. Baqara 2:245
Tafsir:
Xuddi qarz beruvchidek amal qilib, yaxshi niyat, samimiyat ila Alloh yoʻlida molini sarflash orqali uni bir necha barobarga koʻpaytirib olishni istaydiganlar bormi?! Rizq, sogʻlik va boshqa narsalardan qisadigan ham, ularni keng qilib beradigan ham Allohdir. U Zot har bir ishni Oʻz hikmati va adli bilan qiladi. Oxiratda yolgʻiz Unga qaytasizlar va amallaringizga qarab, jazo yoki mukofotingizni beradi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Baqara • Oyat 244 Keyingi Baqara • Oyat 246