Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 247 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 247 • Oʻzbekcha


وَقَالَ لَهُمْ نَبِيُّهُمْ إِنَّ اللَّهَ قَدْ بَعَثَ لَكُمْ طَالُوتَ مَلِكًا ۚ قَالُوا أَنَّىٰ يَكُونُ لَهُ الْمُلْكُ عَلَيْنَا وَنَحْنُ أَحَقُّ بِالْمُلْكِ مِنْهُ وَلَمْ يُؤْتَ سَعَةً مِنَ الْمَالِ ۚ قَالَ إِنَّ اللَّهَ اصْطَفَاهُ عَلَيْكُمْ وَزَادَهُ بَسْطَةً فِي الْعِلْمِ وَالْجِسْمِ ۖ وَاللَّهُ يُؤْتِي مُلْكَهُ مَنْ يَشَاءُ ۚ وَاللَّهُ وَاسِعٌ عَلِيمٌ 247
Tarjima:
Nabiylari ularga: «Albatta, Alloh Tolutni sizga podshoh qilib tayinladi», – dedi. Ular: «U bizga qayoqdan podshoh bo`lsin. Undan ko`ra podshohlikka biz haqliroqmiz. Qolaversa, unga ko`proq mol ham berilmagan», – dedilar. U: «Albatta, uni Allohning O`zi sizlarga tanladi va ilmda, jismda kengligini ziyoda qildi. Alloh podshohligini kimga xohlasa, o`shanga beradi. Va Alloh keng qamrovli va biluvchidir», – dedi. Al-Baqarah 2:247
Tafsir:
Paygʻambarlari ularga: "Alloh sizlarga Tolutni podshoh qilib tayinladi, uning bayrogʻi ostida jang qilasizlar", dedi. Ulugʻlari bu tanlovga rozi boʻlmay, etiroz bildirishib: "Qanday qilib u bizga podshoh boʻlsin? Podshohlikka undan koʻra biz haqliroqmiz-ku. U na podshohzoda boʻlsa va na shohlikka olib boradigan boylikka ega boʻlsa?!", dedilar. Paygʻambarlari: "Uni sizlarga podshoh qilib Allohning Oʻzi tayinladi. Uning ilmiy darajasini ham, jismoniy quvvatini ham ziyoda qildi. Alloh Oʻz hikmati va rahmati ila podshohlikni Oʻzi istagan bandasiga beradi. Alloh fazlu karami keng va nematiga qaysi bandasi haqli ekanini juda yaxshi biladigan Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 246 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 248