Dinga majbur qilish yo`q. Batahqiq, haq botildan ajradi. Kim tog`utga kufr keltirib, Allohga iymon keltirsa, batahqiq, uzilmaydigan mustahkam tutqichni ushlagan bo`ladi. Va Alloh eshituvchi, biluvchi Zotdir. Al-Baqarah 2:256 ⧉
Tafsir:
Hech kimni majburlab, zoʻrlab Islom diniga kiritilmaydi. Chunki bu din ochiq koʻrinib turgan haqiqatdirki, majburlashga mutlaqo zarurat yoʻq. Rushdu hidoyat kufru zalolatdan ajralib boʻldi. Allohdan oʻzga barcha soxta mabudlardan yuz oʻgirib, yolgʻiz Allohning Oʻziga iymon keltirgan odam qiyomat kunida najotga olib boradigan eng mustahkam halqani ushlabdi. Alloh bandalarining gap-soʻzlarini eshitib, qilgan ishlarini koʻrib-bilib turadigan Zotdir. Yaqinda ularga amallariga yarasha jazo yoki mukofotlarini beradi.