Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Baqara — Oyat 286 (Oʻzbekcha) — Video

Baqara • Oyat 286 dan 286 • Oʻzbekcha


لَا يُكَلِّفُ اللَّهُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَا ۚ لَهَا مَا كَسَبَتْ وَعَلَيْهَا مَا اكْتَسَبَتْ ۗ رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَا إِنْ نَسِينَا أَوْ أَخْطَأْنَا ۚ رَبَّنَا وَلَا تَحْمِلْ عَلَيْنَا إِصْرًا كَمَا حَمَلْتَهُ عَلَى الَّذِينَ مِنْ قَبْلِنَا ۚ رَبَّنَا وَلَا تُحَمِّلْنَا مَا لَا طَاقَةَ لَنَا بِهِ ۖ وَاعْفُ عَنَّا وَاغْفِرْ لَنَا وَارْحَمْنَا ۚ أَنْتَ مَوْلَانَا فَانْصُرْنَا عَلَى الْقَوْمِ الْكَافِرِينَ 286
Tarjima:
Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmas. Foydasi ham o`z kasbidan, zarari ham o`z kasbidan. Ey Robbimiz, agar unutsak yoki xato qilsak, (iqobga) tutmagin. Ey Robbimiz, bizdan oldingilarga yuklaganga o`xshash og`irlikni bizga yuklamagin. Ey Robbimiz, bizga toqatimiz yetmaydigan narsani yuklamagin. Bizni afv et, mag`firat qil va rahim et. Sen xojamizsan. Bas, kofir qavmlarga bizni g`olib qil. Baqara 2:286
Tafsir:
Alloh hech kimga toqati yetmaydigan ishlarni yuklamaydi. Zero, Allohning dini osonlik, qulaylik asosiga qurilgan. Unda hech qanday mashaqqat yoʻq. Kim yaxshi ish qilsa, oʻshanga yarasha savobini oladi. Savobi zarracha kamayib qolmaydi. Kim yomon ish qilsa, unga ham oʻshanga yarasha gunoh yoziladi. Uning gunohini ham boshqa birov boʻyniga olmaydi. Paygʻambar alayhissalom va moʻminlar shunday dedilar: "Parvardigoro, biron soʻzimiz yo amalimizda beixtiyor xato qilib yo unutib qoʻysak, bizni azoblamagin. Parvardigoro, oldingi oʻtganlarga yuklaganing kabi bizga kuchimiz yetmaydigan ishlarni yuklamagin. Oʻshanda ularni - yahudlarni qilgan zulmlari tufayli azoblaganding. Bizga ogʻirlik qiladigan, toqatimiz koʻtarolmaydigan buyruq va taqiqlarni boʻynimizga qoʻymagin. Gunohlarimizni kechirgin, bizni magʻfirat qilgin, fazling ila bizga rahm etgin. Sen bizning xojamiz va madadkorimizsan. Bizni kofirlar ustidan gʻolib aylagin.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Baqara • Oyat 285 Keyingi Oli Imron • Oyat 1