Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Baqara — Oyat 41 (Oʻzbekcha) — Video

Baqara • Oyat 286 dan 41 • Oʻzbekcha


وَآمِنُوا بِمَا أَنْزَلْتُ مُصَدِّقًا لِمَا مَعَكُمْ وَلَا تَكُونُوا أَوَّلَ كَافِرٍ بِهِ ۖ وَلَا تَشْتَرُوا بِآيَاتِي ثَمَنًا قَلِيلًا وَإِيَّايَ فَاتَّقُونِ 41
Tarjima:
Va sizdagi narsani tasdiqlovchi qilib tushirgan narsamga iymon keltiring. Unga birinchi kufr keltiruvchi bo`lmang. Mening oyatlarimni oz bahoga sotmang va Mengagina taqvo qiling. Baqara 2:41
Tafsir:
Hali oʻzgartirilmagan haqiqiy Tavrotda kelgan tavhidga – Allohni bir deb bilishga va Muhammad alayhissalomning paygʻambar qilib yuborilishi haqidagi xabarni tasdiqlab kelgan Quronga iymon keltiring! Unga birinchi boʻlib kufr keltirganlar boʻla koʻrmang! Men nozil qilgan oyatlarni obroʻ, mansab kabi arzimas pulga sotib yubormang! Mening gʻazabim va azobimdan qoʻrqing!
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Baqara • Oyat 40 Keyingi Baqara • Oyat 42