Ularning iymon keltirishlarini tama' qilasizlarmi? Va holbuki, ulardan bir guruhlari Allohning kalomini eshitar edilar va so`ngra uni tushunganlaridan keyin, bilib turib buzar edilar. Al-Baqarah 2:75 ⧉
Tafsir:
Ey moʻminlar, yahudlarning ahvolini, oʻjarligiyu qaysarligini koʻra-bila turib, yana ularning iymon keltirishlaridan umidvor boʻlasizlarmi? Ularning bir guruh olimlari oʻzlariga nozil qilingan Tavrotni - Allohning kalomini eshitib turib, uning ichida nimalar bayon qilinganini anglab-tushunib turib, shaklini ham, mazmunini ham oʻzgartirib yubordilar. Hobuki, ular bu ishning naqadar ulkan gunoh ekanini yaxshi bilardilar.