Va ular: «Bizga (do`zax) o`ti hech tegmas, tegsa ham sanoqli kunlargina tegadir», – dedilar. Sen: «Allohdan ahd oldingizmi? Zotan, Alloh ahdiga hech xilof qilmas. Yoki Allohning nomidan bilmagan narsangizni gapiryapsizmi?» – deb ayt. Baqara 2:80 ⧉
Tafsir:
Ular aldoqchilik bilan, bizga doʻzax oʻti tegmaydi, doʻzaxga kirsak ham u yerda oz kunlargina qolamiz, deyishadi. Bu ishga Allohdan ahdu paymon olganmidinglar (shunday boʻlsa, Alloh ahdini buzmaydi) yoki Allohga tuhmat qilib, bilmagan narsalaringizni valdirayapsizmi?