Butun yuzlar tirik va doim turuvchi Zotga bosh egmish. Batahqiq, kim zulm ko`targan bo`lsa, noumid bo`lmish. Ta-Ha 20:111 ⧉
Tafsir:
Bandalarning yuzlari tirik, hech qachon oʻlmaydigan, hamma ishlarni boshqarib, yuritib turadigan abadiy Zotga bosh egdi. Gunohni orqalab kelgan odam, oʻzini oʻzi halokat chohiga otib, noumidlik girdobiga gʻarq boʻldi.