Haq Podshoh — Alloh oliy bo`ldi. Senga vahiyi bitguncha Qur'on(tilovati)ga oshiqma va: «Robbim, ilmimni ziyoda qilgin», degin. Toha 20:114 ⧉
Tafsir:
Alloh Oliydir, Muqaddasdir, Buyukdir. U Podshohdir. Hamma narsa Uning mulkidir. Uning Oʻzi ham haq, soʻzi ham haq. Mushriklar aytayotgan sifatlardan Pok va Oliy. Ey Paygʻambar, Jabroil alayhissalom bilan Quron oʻqiyotganingizda shoshilib ketmang. Sizga toʻla yetkazib boʻlgunicha kutib turing va: "Parvardigorim, ilmimni yanada ziyoda qil", deb ayting.