Biz farishtalarga: «Odamga sajda qiling», deganimizda, ular sajda qildilar. Magar iblis bosh tortdi. Ta-Ha 20:116 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, eslang! Farishtalarga, Odamga salom berish tariqasida sajda qilinglar, deganimizda hammalari sajda qildilar. Faqat Iblis takabburlik bilan sajda qilishdan bosh tortdi. U oʻzi farishtalar orasida boʻlsa ham farishtalardan biri emas edi.