U: «Hammangiz bir-biringizga dushman holda undan tushing. Agar men tomonimdan sizga hidoyat kelganida, kim hidoyatimga ergashsa, adashmas va badbaxt bo`lmas. Ta-Ha 20:123 ⧉
Tafsir:
Alloh Odam va Havvoga dedi: "Sizlar ham, Iblis ham jannatdan tushinglar. Endi Iblis sizlarga dushman, sizlar esa unga dushmansizlar. Men tarafimdan bir koʻrsatma kelganida kim unga ergashib, amal qilsa, u haqdan adashmaydi va oxiratda azobga yoʻliqib, baxtsiz boʻlib qolmaydi. Aksincha, Alloh uni jannatga kiritadi".