Bas, ular aytayotgan narsalarga sabr qil. Robbingga quyosh chiqishidan oldin va botishidan oldin tasbih va hamd ayt. Shuningdek, kechaning bir qismida va kunduzning atrofida ham tasbih ayt. Shoyadki, rozi bo`lsang. Ta-Ha 20:130 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, haqni tan olmay, uni yolgʻonga chiqarayotganlarning gap-soʻzlariga, ozorlariga sabr qiling. Quyosh chiqishidan oldingi bomdod namozida ham, quyosh botishidan oldingi asr namozida ham, tungi shom va xufton namozlarida ham, zavol paytidagi peshin namozida ham, kunning birinchi qismi yakunlanayotganda ham, ikkinchi qismi yakunlanayotganda ham Allohga tasbeh ayting, hamd ayting va oʻzingiz rozi boʻladigan savobni umid qiling.