Bas, u (Somiriy) ularga bo`kiradigan buzoq shaklini chiqarib berdi. Ular: «Mana shu sizning ilohingiz va Musoning ham ilohi, faqat u unutdi», dedilar. Toha 20:88 ⧉
Tafsir:
Somiriy Bani Isroilning zeb-ziynatlaridan bir buzoq haykalni yasab berdi. U xuddi sigirga oʻxshab moʻrar edi. Somiriyning fitnasiga uchganlar dedilar: "Mana shu sizning mabudingiz. Musoning mabudi ham mana shu. Faqat u unutib qoldirib ketibdi".