Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Toha — Oyat 90 (Oʻzbekcha) — Video

Toha • Oyat 135 dan 90 • Oʻzbekcha


وَلَقَدْ قَالَ لَهُمْ هَارُونُ مِنْ قَبْلُ يَا قَوْمِ إِنَّمَا فُتِنْتُمْ بِهِ ۖ وَإِنَّ رَبَّكُمُ الرَّحْمَٰنُ فَاتَّبِعُونِي وَأَطِيعُوا أَمْرِي 90
Tarjima:
Batahqiq, ilgari Horun ularga: «Ey qavmim, bu bilan fitnaga duchor qilindingiz, xolos. Shubhasiz, Robbingiz Rohmandir. Bas, menga ergashing. Mening amrimga itoat qiling», degan edi. Toha 20:90
Tafsir:
Holbuki, Muso qaytishidan oldin Horun ularga shunday degandi: «Oltindan buzoq haykalning yasalishi ham, uning moʻrashi ham bir sinovdan boshqa narsa emas. Shu sinov bilan moʻmin kofirdan ajraladi. Ey qavmim, albatta, sizlarning Parvardigoringiz gapirolmaydigan, foyda ham, zarar ham yetkaza olmaydigan mana bu buzoq emas, sizlarga marhamat koʻrsata oladigan yolgʻiz Rahmondir. Bas, menga ergashib va amrimga itoat etib, yolgʻiz Oʻsha Zotgagina ibodat qilingiz, Undan oʻzgaga ibodat qilmangiz».
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Toha • Oyat 89 Keyingi Toha • Oyat 91