U: «Ular ko`rmagan narsani ko`rdim. Bas, Rasulning izidan bir siqim oldim, so`ngra uni tashladim. Havoyi nafsim menga shunday qilishni xush ko`rsatdi», dedi. Ta-Ha 20:96 ⧉
Tafsir:
Somiriy Muso alayhissalomga dedi: "Ular koʻrmagan narsani men koʻrib qoldim. Jabroil alayhissalomni ot ustida koʻrdim. Otining tuyogʻi bosgan tuproqdan bir siqim oldim-da, yasalgan buzoq haykalning ustiga otdim. Shu bilan u xuddi tirikdek moʻray boshladi. Nafsim menga shu ishni chiroyli qilib koʻrsatdi".