Yo`q, Biz haqni botil ustiga oturmiz. Bas, uni yakson qilur. Ko`ribsanki, u (botil) zavolga uchrabdi. Sizlarga esa, qilgan vasflaringizdan halokat kelur. Anbiyo 21:18 ⧉
Tafsir:
Elchimizga vahiy qilib yuborganimiz haqni kufr ahlining botili ustiga otamiz. Shu bilan haq botilni ezib-yanchib tashlaydi va u tag-tomiri bilan yoʻq boʻlib ketadi. Ey, Allohning ayoli va bolasi bor, deyayotganlar, Alloh shaniga noloyiq gapni aytayotganingiz uchun sizlarni halokat kutmoqda.