Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Anbiya — Oyat 24 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Anbiya • Oyat 112 dan 24 • Oʻzbekcha


أَمِ اتَّخَذُوا مِنْ دُونِهِ آلِهَةً ۖ قُلْ هَاتُوا بُرْهَانَكُمْ ۖ هَٰذَا ذِكْرُ مَنْ مَعِيَ وَذِكْرُ مَنْ قَبْلِي ۗ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ الْحَقَّ ۖ فَهُمْ مُعْرِضُونَ 24
Tarjima:
Yoki Undan o`zga xudolar tutdilarmi? Sen: «Hujjatlaringizni keltiring. Mana bu men bilan birgalarning zikridir va mendan oldingilarning zikridir», degin. Yo`q, ularning ko`plari haqni bilmaslar. Bas, ular yuz o`girguvchilardir. Al-Anbiya 21:24
Tafsir:
Ular Allohni qoʻyib, boshqa narsalarni oʻzlariga xudo qilib olganlar. Ey Paygʻambar, ularga ayting: "Shu narsalarning mabudlikka haqli ekaniga hujjatingiz boʻlsa, keltiringlar. Menga nozil qilingan Quronda ham, oldingi paygʻambarlarga nozil qilingan kitoblarda ham sizlar uchun hech qanday hujjat yoʻq". Yoʻq! Mushriklarning aksariyati hech qanday bilimga ega emas. Ular nodonligu taqlid girdobidan chiqa olmay, haqni qabul qilishdan bosh tortaveradilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Anbiya • Oyat 23 Keyingi Al-Anbiya • Oyat 25