Qalblari g`ofil bo`lib. Zulm qilganlar o`zaro: «Bu o`zimizga o`xshagan bashardan o`zga emas-ku. O`zingiz ko`rib turib sehrga kelasizmi?» – deb pichirlasharlar. Al-Anbiya 21:3 ⧉
Tafsir:
Eshitganlari bilan ularning qalblari Quronning oyatlaridan gʻaflatdadir. Kufr keltirish bilan oʻzlariga zulm qilgan kimsalar: "Mana shu paygʻambarlikni davo qilayotgan odam sizlarga oʻxshagan bir odam, xolos. Sizlardan hech qanday farqi yoʻq. U olib kelgan narsa sehrdir. Koʻrib-bilib turib, oʻzingizga oʻxshagan odamga ergashasizlarmi?!", deb oʻzaro shivir-shivir qiladilar.