Har bir jon o`limni tatib ko`rguvchidir. Biz sizlarni yomonlik va yaxshilik ila imtihon uchun sinaymiz hamda Bizgagina qaytarilursiz. Anbiyo 21:35 ⧉
Tafsir:
Moʻmin boʻlsin, kofir boʻlsin, bu dunyoda har bir jon oʻlim sharbatini totmasdan qolmaydi. Ey odamlar, sizlarni noz-nematlar bilan ham, mehnat-mashaqqatlar bilan ham sinaymiz. Oʻlganingizdan keyin esa yolgʻiz Bizning huzurimizga qaytarilasizlar. Ana shunda amallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni olasizlar.