Batahqiq, sendan oldin ham Payg`ambarlar masxara qilingan. Bas, ularni masxara qilganlarga o`zlari masxara etib yurgan narsa tushdi. Al-Anbiya 21:41 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, qavmingizning sizni masxara qilayotganlari yangilik emas. Sizdan oldingi paygʻambarlar ham masxara qilinganlar. Paygʻambarlar azob kelishidan ogohlantirsalar, kofirlar uni mazax qilardilar. Keyin aynan oʻsha mazax qilayotganlari - azob ularning boshiga tushdi.