Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Anbiya — Oyat 47 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Anbiya • Oyat 112 dan 47 • Oʻzbekcha


وَنَضَعُ الْمَوَازِينَ الْقِسْطَ لِيَوْمِ الْقِيَامَةِ فَلَا تُظْلَمُ نَفْسٌ شَيْئًا ۖ وَإِنْ كَانَ مِثْقَالَ حَبَّةٍ مِنْ خَرْدَلٍ أَتَيْنَا بِهَا ۗ وَكَفَىٰ بِنَا حَاسِبِينَ 47
Tarjima:
Biz qiyomat kuni uchun adolat tarozularini qo`yurmiz. Biror jonga hech qanday zulm qilinmas. Agar (amal) achitqi donasi og`irligicha bo`lsa ham, keltiramiz. Hisobchilikda O`zimiz kifoya qilurmiz. Al-Anbiya 21:47
Tafsir:
Qiyomat kuni adolatli tarozularni oʻrnatamiz. Amallar toʻgʻri tortiladi. U kunda bironta odamning savobi kamaytirilmaydi, gunohi koʻpaytirilmaydi. Tortilayotgan narsa xardal urugʻichalik mayda boʻlsa ham tarozuga qoʻyiladi. Bandalarimizning amallarini hisob-kitob qilishda Oʻzimiz yetarlimiz.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Anbiya • Oyat 46 Keyingi Al-Anbiya • Oyat 48