Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Anbiya — Oyat 5 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Anbiya • Oyat 112 dan 5 • Oʻzbekcha


بَلْ قَالُوا أَضْغَاثُ أَحْلَامٍ بَلِ افْتَرَاهُ بَلْ هُوَ شَاعِرٌ فَلْيَأْتِنَا بِآيَةٍ كَمَا أُرْسِلَ الْأَوَّلُونَ 5
Tarjima:
Ular: «Balki, alg`ov-dalg`ov tushlardir, balki, o`zi uydirib olgandir, balki, u shoirdir. Bas, bizga avvalgilarga yuborilganidek mo`'jiza keltirsin», dedilar. Al-Anbiya 21:5
Tafsir:
Ularning Muhammad alayissalom keltirgan vahiy haqida tayinli bir toʻxtamlari yoʻq edi. Goh, tavili yoʻq, algʻov-dalgʻov tush, desalar, gohida, gaplarining asli-asosi yoʻq, oʻzi toʻqib olgan, derdilar. Yana ayrim paytlarda esa, u shoir, deyishga oʻtardilar. Mabodo, aytayotgan gaplari rost boʻlsa, oldingi paygʻambarlar keltirgani kabi u ham bizga bir moʻjiza keltirsin. Masalan, Musoning asosi, Solihning tuyasi kabi, deyishardi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Anbiya • Oyat 4 Keyingi Al-Anbiya • Oyat 6