U: «Yo`q! Robbingiz osmonlaru yerning Robbidir. U zot ularni yaratgandir. Men bunga guvohlik berguvchilardanman. Al-Anbiya 21:56 ⧉
Tafsir:
Ibrohim dedi: "Jiddiy gapiryapman. Hazil emas. Sizlarning Parvardigoringiz osmonlaru yerning ham Parvardigoridir. Ularni yoʻqdan bor qilgan Zotdir. Parvardigorim osmonlaru yerni yaratganiga, butlaringizning esa bu ishga hech qanday aloqasi yoʻq ekaniga guvohlik beraman.