Va Lutga hukm va ilm berdik va unga iflosliklar qilayotgan qishloqdan najot berdik. Albatta, ular yomon, buzg`unchi qavm edilar. Anbiyo 21:74 ⧉
Tafsir:
Lutga davogarlar va javobgarlar orasini ajrim qilib berish nematini ato etdik. Unga dinini oʻrgatdik va uni buzuqlik qiladigan qavmi ustiga tushgan azobdan qutqarib qoldik. Ular Parvardigorlarining toatidan bosh tortib, buzuqchilik qiladigan buzuq qavm edilar.