Bas, Biz uni Sulaymonga fahmlatdik. Ularning har biriga hukmni va ilmni bergan edik. Dovud bilan birga tasbih aytsin deb, tog`larni va qushlarni bo`yinsundirib qo`ydik. Shularni qilguvchi bo`lgan Bizmiz. Anbiyo 21:79 ⧉
Tafsir:
Masalaning toʻgʻri yechimini ota Dovudga emas, oʻgʻil Sulaymonga uqtirdik. Har ikkisiga paygʻambarlikni va shariat hukmlariga oid ilmni ato etdik. Bu borada faqat Sulaymonning oʻzini xoslab qoʻymadik. Togʻlarni va qushlarni boʻysundirdik. Dovud bilan birga tasbeh aytadigan boʻldilar. Uqtirgan ham, hukm va ilmni bergan ham, boʻysundirgan ham Biz boʻldik.