Zunnunni esla. O`shanda u g`azablangan holda chiqib ketgan edi. Bas, u Bizni o`ziga (er yuzini) tor etmas, deb gumon qildi. Zulmatlarda turib: «Sendan o`zga iloh yo`q, Sen poksan, albatta, men zolimlardan bo`ldim», deb nido qildi. Anbiyo 21:87 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, baliq qornida oʻtirgan Yunus alayhissalomning qissasini eslang. U qavmining tinimsiz gunoh qilaverganidan gʻazablanib, Parvardigorining iznisiz ketgan edi. Bu ishim uchun jazolanmayman, deb oʻylagandi. Natijada baliq uni yutib yuborganidan keyin tor joyga qamalib qiynalgandi. Keyin baliq qornidagi qorongʻuliklar ichra gunohini tan olib, tavba aylab, shunday duo qilgandi: "Sendan oʻzga chin mabud yoʻqdir. Sen har qanday nuqsondan Pok va Oliysan. Men zolimlardan boʻldim".