Kim mo`min holida solih amallardan qilsa, sa'yi-harakati zoye ketmas. Albatta, Biz uni yozib qo`yguvchidirmiz. Al-Anbiya 21:94 ⧉
Tafsir:
Allohga, Uning paygʻambarlariga va oxirat kuniga iymon keltirgani holda yaxshi amallar qilgan odamning harakati zoye ketmas. Alloh unga savobini ortigʻi bilan berur. Qayta tirilgan paytida bu dunyoda qilib oʻtgan yaxshi ishlarini nomai amolida koʻrib, quvonib ketadi.