Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Anbiyo — Oyat 97 (Oʻzbekcha) — Video

Anbiyo • Oyat 112 dan 97 • Oʻzbekcha


وَاقْتَرَبَ الْوَعْدُ الْحَقُّ فَإِذَا هِيَ شَاخِصَةٌ أَبْصَارُ الَّذِينَ كَفَرُوا يَا وَيْلَنَا قَدْ كُنَّا فِي غَفْلَةٍ مِنْ هَٰذَا بَلْ كُنَّا ظَالِمِينَ 97
Tarjima:
Va haq va'da yaqinlashgandagi holni ko`rsang, kufr keltirganlarning ko`zlari chaqchayib: «Holimizga voy! Bizlar bundan g`aflatda edik. Yo`q! Bizlar zulm qilguvchilar edik», derlar. Anbiyo 21:97
Tafsir:
Qiyomat yaqinlashib, uning qoʻrqinchlari, dahshatlari koʻringach, kofirlarning koʻzlari qotib qolib: "Ey voh, xarob boʻldik, biz u dunyoda beparvo oʻynab-kulib yuraveribmiz, bu kun uchun tayyorgarlik qilmabmiz, yana ham toʻgʻrirogʻi, kufru isyon bilan oʻzimizga oʻzimiz jabr qilibmiz", deb qoladilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Anbiyo • Oyat 96 Keyingi Anbiyo • Oyat 98