Agar anavilar xudolar bo`lganida unga kirmas edilar. Hammalari unda abadiy qolurlar. Al-Anbiya 21:99 ⧉
Tafsir:
Ular sigʻinayotgan butlar xudolar boʻlganida edi, bandalariga qoʻshilib doʻzaxga kirmagan boʻlardilar. Ularning hammalari, obidlari ham, mabudlari ham doʻzaxga tushadilar va unda abadiy qoladilar, hech qachon undan chiqmaydilar.