Odamlardan Allohga bir tomonlama ibodat qiladiganlari ham bor. Agar unga yaxshilik yetsa, ko`ngli to`lur. Agar unga balo yetsa, yuz o`girib ketur. U, dunyoda ham, oxiratda ham ziyon ko`rur. Ana o`sha ochiq-oydin ziyondir. Al-Hajj 22:11 ⧉
Tafsir:
Ayrim odamlar beqaror boʻladilar. Allohga shubhalanibroq ibodat qiladilar. Boylik, sogʻlik kabi yaxshiliklarga erishsalar, iymoni va ibodatida davom etaveradilar. Kambagʻallik, kasallik kabi noxushliklarga yoʻliqsalar, dini haqida yomon gumonga borib, murtad boʻladilar. Bunday odamlar har ikki dunyosini qoʻldan boy beradilar. Bu dunyoda ularga kofirligi nasibasini koʻpaytirib qoʻymaydi. Oxiratda esa Allohning azobiga giriftor boʻladilar.