Kimki unga bu dunyoyu oxiratda Alloh nusrat berishiga shubha qilsa, bir vosita topib, osmonga osilsin, so`ngra uni kessin. Bas, nazar solsin-chi, uning bu hiylasi g`am-g`ussani ketkizarmikan?! Haj 22:15 ⧉
Tafsir:
Alloh paygʻambari alayhissalomga bu dunyoda ham, oxiratda ham yordam bermaydi, deb oʻylagan odam bir arqon bilan uyining shiftiga oʻzini ossin. Keyin yerdan uzilib, osilib oʻlsin. Bas, qarasin-chi, shu ishi ichidagi gʻazab oʻtini soʻndira oldimikan. Gap uqmaslar istaydimi, yoʻqmi, Alloh Oʻzining paygʻambariga har doim madad beradi.