Uni ko`radigan kuningizda, har bir emizuvchi o`zi emizayotgan narsasini unutar. Har bir homilador homilasini tashlar. Odamlarni mast holda ko`rarsan. Holbuki, ular mast emas. Lekin Allohning azobi shiddatlidir. Haj 22:2 ⧉
Tafsir:
Uni koʻrgan kuningizda qoʻrquv dahshatidan har bir emizib turgan ona emizayotgan bolasini unutib qoʻyadi. Har bir homilador ayol homilasini tashlab yuboradi. Odamlarni dahshatning zoʻrligidan xuddi es-hushini yoʻqotgan mastlardek koʻrasiz. Aslida esa ular mast emaslar. Allohning azobi qattiqligidan ular es-hushlarini yoʻqotib qoʻygandek koʻrinadilar.