Agar seni yolg`onchi qilayotgan bo`lsalar, bas, bulardan oldin Nuh qavmi, Od va Samud ham yolg`onchi qilgan edilar. Al-Hajj 22:42 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, qavmingiz sizni yolgʻonchiga chiqarayotgan boʻlsa, sabr qiling. Yolgʻonchiga chiqarilayotgan birinchi paygʻambar emassiz. Oldin ham Nuh qavmi Nuhni, Od qabilasi Hudni, Samud qabilasi Solihni yolgʻonchiga chiqarganlar.