Ilm berilganlar u(Qur'on) Robbingdan kelgan haq ekanini bilishlari, unga iymon keltirishlari va qalblari unga bog`lanib, taskin topishi uchundir. Albatta, Alloh iymon keltirganlarni to`g`ri yo`lga hidoyat qilguvchidir. Al-Hajj 22:54 ⧉
Tafsir:
Ilm ato etilgan zotlar Muhammad alayhissalomga nozil qilingan Quron Alloh tarafidan vahiy qilib yuborilgan haq ekaniga aniq ishonadilar. Ularning iymoni yanada ziyodalashib, qalblari taskin topadi. Alloh iymon keltirgan zotlarni haqqa boʻysunganlari uchun mukofotlab, toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilib qoʻyadi.