Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Haj — Oyat 56 (Oʻzbekcha) — Video

Haj • Oyat 78 dan 56 • Oʻzbekcha


الْمُلْكُ يَوْمَئِذٍ لِلَّهِ يَحْكُمُ بَيْنَهُمْ ۚ فَالَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ فِي جَنَّاتِ النَّعِيمِ 56
Tarjima:
O`sha kunda hukmronlik Allohgagina xosdir. U ular orasida hukm qilur. Bas, iymon keltirganlar va yaxshi amal qilganlar nozu ne'mat jannatlaridadirlar. Haj 22:56
Tafsir:
Qiyomat kuni, anavilarga vada qilingan azob keladigan kuni hukm yolgʻiz Allohniki boʻladi. Hech kim U Zot bilan talashib-tortisha olmaydi. Alloh moʻminlar bilan kofirlar orasini ajrim qiladi. Har birining munosib jazo yoki mukofotini beradi. Allohga iymon keltirib, yaxshi ishlarni qilgan zotlar ulkan savobga noil boʻlib, noz-nematlarga toʻla abadiy jannatlarga kiradi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Haj • Oyat 55 Keyingi Haj • Oyat 57