Alloh yo`lida hijrat qilganlar, so`ngra o`ldirilib yoki vafot etganlarni, albatta, Alloh go`zal rizq ila rizqlantirur. Albatta, Alloh rizq berguvchilarning eng yaxshisidir. Haj 22:58 ⧉
Tafsir:
Allohning rizosi va dinini aziz qilish yoʻlida hijrat qilib, yurtini tashlab ketganlar, keyin esa Alloh yoʻlidagi jihodda oʻldirilganlar yoki oʻzlari vafot topganlarga Alloh goʻzal rizq ato etadi. Ularni abadiy jannatga kiritadi. Darhaqiqat, Alloh rizq beruvchilarning eng yaxshisidir.