Ish bundoq. Kim o`ziga iqob qilinganiga o`xshash iqob qilsa-yu, so`ngra unga yana zo`ravonlik qilinsa, Alloh, albatta, unga nusrat berur. Albatta, Alloh afvli va mag`firatli Zotdir. Al-Hajj 22:60 ⧉
Tafsir:
Gap shu. Alloh yoʻlida hijrat qilganlar jannatga kiritiladilar. Kimga qancha tajovuz qilingan boʻlsa, u ham oʻshancha tajovuz qilishi joiz. Endi tajovuzkor yana battar avj olib, yanada qattiqroq tajovuz qilsa, Alloh mazlumga albatta yordam beradi. Alloh moʻminlarning gunohlarini afv etuvchi, ularni magʻfirat qiluvchi Zotdir.