Ular Allohni qo`yib, U zot u haqida biron hujjat tushirmagan, o`zlarida u haqda ilm bo`lmagan narsaga ibodat qilurlar. Zolimlarga hech bir nusrat berguvchi yo`qdir. Haj 22:71 ⧉
Tafsir:
Mushriklar Allohni qoʻyib, butlarga ibodat qiladilar. Holbuki, ularga ibodat qilish haqida Alloh tarafidan biron hujjat nozil boʻlmagan. Oʻzlarida ham bu haqda hech qanday bilim, hech qanday dalil yoʻq. Yagona suyangan "dalillari" ota-bobolariga koʻr-koʻrona taqlid qilish, xolos. Zolimlarga ularni Allohning azobidan qutqarib qoladigan biron himoyachi boʻlmas.