Aniqki, Mening bandalarimdan bir guruhi: «Ey Robbimiz, biz iymon keltirdik. Bizni mag`firat qilgin. Bizga rahim qilgin. Sening O`zing rahim qilguvchilarning yaxshisisan», degan edilar. Al-Mu'minun 23:109 ⧉
Tafsir:
Bandalarimdan Menga iymon keltirgan bir guruhi der edilar: "Parvardigoro, Senga iymon keltirdik. Gunohlarimizni kechir. Oʻz rahmating ila bizga rahm qil. Sen rahm qilguvchilarning eng yaxshisi erursan".