Kim Alloh bilan birga boshqa ilohga iltijo qilsa, bu xususda hech bir dalili yo`qdir. Bas, uning hisobi faqat Robbining huzuridadir. Albatta, kofirlar najot topmaslar. Mo‘minun 23:117 ⧉
Tafsir:
Kim Alloh bilan birga boshqa bir mabudga uning mabud ekaniga biron hujjati boʻlmasa ham duo qilsa, bu yomon qilmishining jazosi Parvardigori huzuridadir. Unga jazoni Allohning Oʻzi beradi. Haqiqat shuki, kofirlar najot topmaydilar. Murod-maqsadlariga ham yetmaydilar, xavfu xatardan omonda ham boʻlmaydilar.