Albatta, bunda oyat-ibratlar bordir. Albatta, Biz sinovchi bo`lgan edik. Al-Mu'minun 23:30 ⧉
Tafsir:
Mazkur ishlarda, yani, Nuh alayhissalom va moʻminlar najot topib, kofirlar halok boʻlishida Bizning qudratimizni, paygʻambarlarni qoʻllab, kofirlarni halok etishimizni koʻrsatib turadigan oyat-alomatlar, ibratlar bor. Biz Nuh qavmini sinagan edik. Toki, kim moʻmin, kim kofir ekani, kim itoatgoʻy, kim osiy ekani aniqlashsin.